Rossiya terma jamoasining Rio–2016 Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishi sportni 80-yillarga, milliy terma jamoalar siyosiy sabablarga ko‘ra, Olimpiadani boykot qilgan davrlarga olib keladi. Bunday fikrni Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bildirdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Rossiya terma jamoasining bo‘lajak Olimpiadani o‘tkazib yuborish ehtimoli mamlakat sportida bir qancha yirik doping-mojarolar kelib chiqqani bilan bog‘liq.
“Agar butun Rossiya terma jamoasi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilsa, bu sportni boykotlar bo‘lgan davrga qaytaradi. Qayd etish joizki, hukumat hech qachon doping qabul qilganlarni qo‘llab-quvvatlamagan”, – dedi Mutko.Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari 5–21-avgust kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)