Eron poytaxti Tehron shahrida sport kurashlari bo‘yicha eshitish qobiliyati zaif bo‘lgan sportchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “Olamsport” xabar bermoqda.
2nd World Deaf Cadet and Junior Greco-Roman & Freestyle Wrestling Championships musobaqasida dunyoning 24 davlatidan erkin va yunon-rum kurashchilari ishtirok etdi. Ular orasida har ikki yo‘nalishda o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham qatnashdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘zbekistonlik Doniyor Yakiyayev -46 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi. Shuningdek, Doniyor Yakiyayev erkin kurash bahslarida ham ishtirok etdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 16 yoshli o‘zbekistonlik sportchi Toshkentdagi maxsus professional kollejning ikkinchi bosqich o‘quvchisi hisoblanadi.
Izoh (0)