AQSh prezidenti Barak Obamaning Xirosima shahriga 27-may kuniga rejalashtirilgan tashrifi AQShning mintaqadagi asosiy ittifoqchilaridan biri Janubiy Koreyaning noroziligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda, Financial Times ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Seul Obama Xirosimaga tashrif buyurib, Yaponiyani 1945-yilgi AQSh atom bombardimonining yagona qurboniga chiqarib qo‘yishidan norozi bo‘layotganligi ta’kidlanmoqda. Shu bilan bir paytda, Janubiy koreyaliklar Nagasakida harbiy xizmat o‘tagan yoki ishchi kuchi sifatida foydalanilgan bir necha o‘n minglab hamyurtining halokat qurboniga aylanganligini ma’lum qilmoqda.
Ular Xirosimada 70 mingga yaqin, Nagasakida esa yana 20 ming Janubiy Koreya fuqarosi halok bo‘lganligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)