Misr ma’murlarining bildirishicha, EgyptAir aviakompaniyasiga tegishli A320 layneri qulagan yerdan aniqlangan inson qoldiqlari sud-tibbiyot ekspertizasi natijalari bortda portlash ro‘y berganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda, AP agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, MS804 reysi bilan Parijdan Qohiraga uchayotgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 samolyoti 19-may tongida O‘rta Yer dengizi ustida radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Uning bortida 66 kishi bo‘lgan. Keyinroq dengizdan samolyot bo‘laklari topildi.
Izoh (0)