22-may, yakshanba kuni Tailandning shimoliy qismida joylashgan xususiy maktab yotoqxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 17 nafar qiz halok bo‘ldi. Yana ikki nafari bedarak yo‘qolganligi qayd etildi. Bu haqda BNO News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Hodisa Chiangray provinsiyasidagi Viang Pa Paoda joylashgan xususiy maktabda mahalliy vaqt bo‘yicha 23:00 atrofida yuz berdi.
Mahalliy politsiyaning ma’lum qilishicha, besh yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan qizlar halok bo‘ldi. Bundan tashqari, yana besh nafar qiz jiddiy kuyish jarohatini oldi. 14 nafar qiz jabrlanmasdan qutqarildi.
Yong‘inni o‘chirishga erishildi, uning sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)