Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan Mixail Gorbachyovni Nobel mukofoti sohibi maqomidan mahrum qilish so‘raldi. Bu mazmundagi petitsiya prezident saytida chop etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
“M. S. Gorbachyovni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi maqomidan mahrum qilish jarayoni boshlansin”, — deyiladi petitsiya matnida.
Ayni paytda petitsiyani 13 kishi imzoladi.
Gorbachyov The Sunday Times nashriga bergan intervyusida Qrim va Sevastopolning Rossiyaga qo‘shib olinishini to‘g‘ri qaror deb bilishini aytgandi. “Men har doim insonlarning erkini yoqlayman, Qrimda esa ko‘pchilik Rossiyaga qo‘shilishni istadi”, — degan edi u.
Shu munosabat bilan Ukraina sobiq siyosatchining Yevropaga kirishini taqiqlash yo‘lida harakatni boshlashi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)