AQSh prezidentiligi uchun poyganing oxirgi bosqichida demokratlardan Hillari Klinton, respublikachilardan Donald Tramp ishtirok etishi aniq bo‘ldi hisob. Ammo saylovchilarning aksariyat qismi bu ikki nomzodga yomon munosabatda, deb yozmoqda The Washington Post.
Nashrning ABC News bilan hamkorlikda o‘tkazgan so‘rovnomasi yakunlari mana shunday natijani ko‘rsatdi. Ro‘yxatga olingan har o‘n saylovchining oltitasi Klinton va Trampga salbiy munosabatda ekanligini tan oldi.
Ikki nomzodga nisbatan mutlaq salbiy munosabat ko‘rsatkichlari bir-biriga yaqin: Hillari Klintonda — minus 16, Donald Trampda — minus 17. Shunga qaramay, mart oyidagi natijalarga nisbatan milliarderning ko‘rsatkichlari biroz yaxshilangani ta’kidlanmoqda.
Ayni paytda, vermontlik senator, Klintonning raqibi Berni Sanders barcha nomzodlar ichida eng ijobiy munosabatga sazovor bo‘ldi. Uning ko‘rsatkichlari oy sayin yaxshilanib bormoqda.
Izoh (0)