Kongo Demokratik Respublikasida yo‘lovchi avtobusining termit iniga to‘qnashib ketishi oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Avtobus Zambiyadagi Kitve shahridan Luapula shahriga qarab harakatlanayotgan edi. Biroq avtobus haydovchisi Kongo DR orqali yo‘lni qisqartirishga qaror qilgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, avariyaga avtobus g‘ildiragining yorilib ketishi sabab bo‘lgan. Shundan keyin haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, termit iniga urilgan.
Avariya oqibatida 37 kishining halok bo‘lganligi, yana 22 kishining jiddiy yaralanganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)