Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniyaning Inditex kompaniyasi Zara brendi o‘lchamlari qatorini kengaytirdi va to‘lishgan ayollar uchun XXL o‘lchamini joriy etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Avvaliga katta o‘lchamlar Zara’ning ayrim kolleksiyalarida paydo bo‘ladi, biroq kompaniya keyinchalik brendning aksariyat to‘plamlariga XXL o‘lchamlarni kiritishni rejalashtirmoqda. Hozir Zara’da uchratish mumkin bo‘lgan eng katta o‘lcham XL, ayrim kolleksiyalar esa L bilan cheklangan.

Het Nieuwsblad nashrining ma’lum qilishicha, Zara o‘lchamlari qatorini kengaytirishiga salkam 100 ming imzo to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Kataloniya fuqarosi Anna Riyeraning shikoyati sabab bo‘lgan. Ayol “46-o‘lcham katta emas, me’yordagi ekanligi”ni ma’lum qilib, Zara’da “qotib qolgan tasavvurlar uchun emas, odamlar uchun kiyimlar paydo bo‘lishi”ni talab qilgan.

Zara tomonidan sotilgan XXL o‘lchamdagi birinchi buyum ko‘k kofta bo‘ldi: libos internet-do‘konda paydo bo‘lgan kuni xaridorini topdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)