22-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muntazam O‘zbekiston-Xitoy muloqoti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv hamda Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Xitoy TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.
Izoh (0)