AQSh o‘z razvedkachi samolyotlari Xitoy chegaralari yaqinida parvozlar amalga oshirishi masalasiga jiddiyroq yondashishi lozim. Bu haqda XXR tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xun Ley bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
“AQSh harbiy samolyotlari Xitoyning qirg‘oqbo‘yi tumanlari yaqinidan razvedka maqsadlarida tez-tez uchib o‘tadi, bu esa XXRning dengiz va havo xavfsizligiga jiddiy tarzda xavf soladi. Biz AQShni yaqin masofadan kuzatish bo‘yicha faoliyatni darhol to‘xtatishga chaqiramiz”, — dedi u.
Pentagon vakillari 17-may kuni Xitoyning ikki samolyoti AQSh razvedkachi patrul samolyotini xalqaro havo hududida xavfli tarzda tutib qolganini bildirgan edi. Ammo Xun Ley ushbu bayonotni inkor etib, Xitoy samolyotlari Xaynan oroli yaqinidan rekognossirovka maqsadlarida uchib o‘tayotgan AQSh razvedkachisini qonunga muvofiq ravishda, hech qanday xavfli manyovrlarsiz kuzatib borganini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)