Angliya chempionatining so‘nggi 38-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” – “Bornmut” uchrashuvi 15-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo “Old Trafford” stadionining Shimoli-G‘arbiy qismidagi sektorlaridan birida topilgan shubhali paket tufayli o‘yin qoldirilgan edi.
Lui van Gal shogirdlari esa beshinchi o‘rinda qolib ketdi. Angliya Premyer-ligasida beshinchi o‘rin Yevropa Ligasi turnirida ishtirok etish huquqini beradi.
“Manchester Yunayted” — “Bornmut” uchrashuvi bilan Angliya Premyer-ligasining 2015/16-yilgi mavsumiga rasman yakun yasaldi.
Qayd etish joiz, “qizil iblislar” joriy mavsumni sovrin bilan yakunlash imkoniyatiga ega. Lui van Gal shogirdlari Angliya Kubogi g‘olibligi uchun 21-may, shanba kuni Londonning “Kristal Pelas” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Angliya chempionati, 38-tur
“Manchester Yunayted” – “Bornmut” 3:1 (1:0)
Gollar: 1:0 – 43 Runi, 2:0 – 74 Reshford, 3:0 – 87 Yang, 3:1 – 90, avtogol Smolling.Ogohlantirish: Mata (66).
Izoh (0)