Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasida yuk mashinasi ikkita kichikroq yuk mashinasini olib ketayotgani haydovchilar diqqatini tortdi. Mashinalar transportirovkasi xarajatlarini kamaytirish maqsadida haydovchi ularni yuk mashinasiga ortdi, deb xabar bermoqda Meduza CCTV telekanaliga asoslanib.
Yo‘l politsiyasi zobitlari haydovchini ortiqcha yuk ortganlik uchun 200 yuan jarimaga tortdi. Ular nomi keltirilmagan huquqbuzarga mashina tashishning boshqa yo‘lini o‘ylab topishni maslahat berdi.
Izoh (0)