Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” va “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhlarida Toshkentning turli chorrahalarida u yoki bu sababga ko‘ra qisman yoki to‘liq to‘silib qolgan svetoforlarning suratlari paydo bo‘ldi.
“Shu holat yaxshimi?”, — deb mavzuni ochib bergan “Voditeli Tashkenta”ning bir a’zosi. “Shaharda shunday svetoforlar ko‘plab topiladi”, — deb qo‘shimcha qilgan boshqa bir foydalanuvchi.
Simyog‘och, ustun yoki yo‘l belgisining ortida qolib ketgan svetoforlarning suratlari aksariyat hollarda haydovchilar tomonidan olingani ham foydalanuvchilar e’tiboridan chetda qolmagan.
“Bir kamchilikni ko‘rsatmoqchi bo‘layapsizu, ammo o‘zingiz harakat vaqtida uyali telefondan foydalanib, yo‘l harakati qoidalarini buzyapsiz”, — qabilida fikr bildirgan bir foydalanuvchi.
Izoh (0)