O‘rta motorli kelgusi avlod Chevrolet Corvette 2018-yil yanvarida Detroytdagi motorshouda ilk bor namoyish etiladi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Hozirda o‘rta motorli kupe loyihasi original Corvette yaratuvchisi muhandis Zora Arkus-Duntov ishlab chiqqan CERV tajriba avtomobillari turkumi sharafiga ZERV deya belgilab qo‘yilgan. Model 450—500 ot kuchiga ega V8 dvigatelining takomillashgan versiyasi bilan jihozlanadi. Kupening narxi taxminan 80 ming dollarga boradi.
2019-yilda superavtomobilning sakkiz silindr, 32 klapanli mutlaqo yangi versiyasi paydo bo‘ladi. Uning bahosi 100 ming dollardan boshlanishi kutilmoqda. Nihoyat, yana bir yildan so‘ng Corvette’ning gibrid modifikatsiyasi – E-Ray taqdim etiladi. Gibridning oldi o‘qida elektr motori bo‘lishi taxmin qilinmoqda, bu esa kupeni to‘liq uzatmali avtomobilga aylantiradi.
Izoh (0)