Amerikalik kontrabaschi Jeyn Littl 15-may, yakshanba kuni Atlanta simfonik orkestrining chiqishi davomida sahnada vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Littl 87 yoshda edi, u musiqiy faoliyati davomiyligi bo‘yicha rekord sohibasi hisoblanadi.
Littl Irving Berlinning There’s No Business Like Show Business kompozitsiyasini ijro etish davomida, asarning yakuniy qismiga bir necha soniya qolganda hushini yo‘qotdi.
Oxirgi vaqtlarda Littl og‘ir xasta bo‘lib, 2016-yilning iyunida musiqiy faoliyatini yakunlashni rejalashtirgandi. U 71 yilni sahnada o‘tkazdi.
Izoh (0)