Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ukrainalik qo‘shiqchi Jamalani “Yevrovideniye — 2016” tanlovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net” Anadolu agentligiga tayanib.
Nashr davlat rahbari ma’muriyatidagi manbasiga tayanib yozishicha, prezident 16-may kuni ertalab xonandaga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan va uning bundan keyingi ijodida omadlar tilab qolgan.
“Jamala minnatdorlik bildirdi va Turkiya yetakchisi tabrigidan ta’sirlanganini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, “Yevrovideniye” tanlovida Jamala qrim-tatarlar deportatsiyasiga bag‘ishlangan “1944” nomli qo‘shig‘ini ijro etib, g‘olib bo‘lgan edi.
Izoh (0)