O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon so‘nggi vaqtlarda viloyatlardagi tadbirlarda qora ko‘zoynak taqqan holda chiqish qilayotganiga izoh berdi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Hayotimda birinchi marta ko‘zim shamollagani uchun sahnada ko‘zoynak taqib ishlayapman. Ochig‘i, o‘zimga ham g‘alati tuyulyapti”, — deb yozadi xonanda Instagram’dagi sahifasida.
“Samarqandda ham: ‘Nega ko‘zoynak taqib olgansiz?’, degan savolni ko‘p berishdi. Azizlar, ko‘zim betob”, — deb, Sardor Rahimxon qora ko‘zoynak taqqan suratini xabarga ilova qilgan.
Xonanda Sardor Rahimxon Samarqandda “Kim edigu, kim bo‘ldik” targ‘ibot tadbirlarida qatnashmoqda. U Instagram’dagi sahifasida targ‘ibot guruhining boshqa a’zolari bilan birga tushgan suratlarini ham e’lon qilgan.
Izoh (0)