Joriy yilning 13–15-may kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri turnirida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilardan uch nafari – Diyorbek O‘rozboyev (-60 kg), Sharofiddin Lutfullayev (-60 kg) va Soyib Qurbonov (-100 kg) o‘z vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Mazkur Gran-prida 80 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Asosiy tarkib bilan musobaqaga yo‘l olganiga qaramay, O‘zbekiston termasi 3 ta bronza medali bilan cheklandi va umumjamoa hisobida 18-pog‘onani egalladi.
Gran-pri turniridan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangi olimpiya reyting jadvalini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
-60 kilogrammDiyorbek O‘rozboyev – 7-o‘rinSharofiddin Lutfullayev – 10-o‘rin
-66 kilogrammRishod Sobirov – 9-o‘rin
-73 kilogrammMirali Sharipov – 9-o‘rin
-81 kilogrammShahzodbek Sobirov – 19-o‘rinYahyo Imomov – 25-o‘rin
-90 kilogrammSherali Jo‘rayev – 27-o‘rin
-100 kilogrammSoyib Qurbonov – 31-o‘rinRamziddin Saidov – 32-o‘rin
+100 kilogrammAbdullo Tangriyev – 19-o‘rin
Ma’lumot uchun, dzyudo bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun reyting ochkolar o‘ynaladigan musobaqalar 29-mayga qadar davom etadi va shundan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan sportchilar ro‘yxatini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mavjud qoidalarga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida har bir vazn toifasida 1–22-o‘rinlarni band etgan dzyudochilar Rio–2016 o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar har bir davlatdan bir nafar sportchiga berilishi inobatga olinsa, bugungi kunga kelib O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari deyarli har bir vazn toifasida Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasini qo‘lga kiritadigan sportchilar ro‘yxatidan o‘rin egallab turibdi.
Qayd etish joiz, -100 kilogramm vazn toifasida ishtirok etuvchi Ramziddin Saidovda Osiyo kontinental kvotasi mavjud.
Izoh (0)