Venesuelada yil boshidan buyon amal qilib kelayotgan favqulodda iqtisodiy vaziyat yana uzaytirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Tegishli farmoyish mamlakat prezidenti Nikolas Maduro tomonidan imzolandi. Bu haqda u 13-may, juma kuni kechqurun televideniye va radio orqali uzatilgan chiqishida ma’lum qildi.
“Iqtisodiy urushni, mamlakatdagi va xalqaro darajadagi tahdidlarni yengish imkoniyatini berishi mumkin bo‘lgan favqulodda iqtisodiy vaziyat to‘g‘risidagi yangi farmoyishni ma’qullashga qaror qildim”, — deb ta’kidladi Maduro.
Uning fikricha, hozirgi paytda Venesuela chetdan bo‘layotgan tahdidlarga duch kelgan. Bu boradagi birinchi farmoyish joriy yilning yanvar oyida imzolangan edi.
Izoh (0)