2015-yilda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 5 million rubl ishlab topdi. Bu raqam uning respublika hukumati saytida chop etilgan daromad deklaratsiyasida aks etdi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Bundan tashqari, oldingi yil bo‘lganidek, Qodirovning tasarrufida 3,6 ming kvadrat metr maydondagi yer uchastkasi hamda 2,3 ming kvadrat metr maydonli uy mavjud. Checheniston rahbari nomida biror transport vositasi yo‘q.
Qodirovning rafiqasi bir yil davomida 2,8 million rubl ishlab topdi. Uning tasarrufida 209,8 kvadrat metr maydonni egallagan xonadon bor. Shuningdek, Qodirovlar oilaviy shaklda 300 kvadrat metrli uyni tasarruf qiladi.
Ramzan Qodirov Checheniston hukumati mansabdorlari orasida eng katta daromadga egadir. Undan keyingi o‘rinda murosa sudyalari ta’minot xizmati rahbari Xolid Vayxanov turibdi (2,19 million rubl, rafiqasi — 1,37 million rubl).
2014-yilda Qodirov 4,8 million rubl, rafiqasi esa 3,36 million rubl ishlab topgan edi.
Izoh (0)