Turkiyaning Yevropa qismidagi Gallipoli yarim orolida sayyohlik avtobusi ag‘darilib ketdi. Bu haqda, Hurriyet nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar berdi.
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida besh kishi qurbon bo‘lgan: to‘rt kishi voqea joyida, bir kishi shifoxonada halok bo‘lgan. Yana 32 kishi yaralangan. Haber Turk nashri 40 kishi jabrlanganligi haqida ma’lum qilgan.
Chanoqqal’a viloyati gubernatorining so‘zlariga qaraganda, avtobus Istanbuldan Chanoqqal’adagi qabristonga yo‘l olgan edi. Avariya Chanoqqal’a—Istanbul trassasida yuz bergan. Hodisa joyiga avariya-qutqaruv xizmati va tez yordam vertolyoti yetib kelgan. Jabrlanganlar Chanoqqal’a va Edirna shahridagi shifoxonalarga joylashtirilgan.
Avariya sabablari aniqlanmoqda. Chanoqqal’a—Istanbul trassasi bir muddatga yopilgan.
Izoh (0)