Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari shakarga bo‘lgan ehtiyojning mavsumiy o‘sishini inobatga olgan holda shakar mahsulotlari kamomadining kelib chiqish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda. Bu haqda idoraning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Xususan, “Xorazm shakar” MChJ hamda “Angren shakar” MChJ bilan hamkorlikda mavsumiy ehtiyoj o‘sishi oldidan ishlab chiqarish hajmlarini o‘stirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi. Buning natijasida joriy yilning yanvaridan apreliga qadar bo‘lgan davrda shahar mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 118,6 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, may–avgust oylarida birja sotuvlariga chiqariladigan shakar mahsulotlari hajmi 1,6 barobarga oshirilishi aytilmoqda.
Bugungi kunda respublikada 1 kilogramm shakarning ulgurji narxi 3200 so‘mni tashkil etib, bu narxlar dehqon bozorlaridagi maxsus savdo nuqtalarida amal qilmoqda. Bundan tashqari, yirik supermarketlarda va dehqon bozorlarida 1, 2, 5 kilogrammli paketlardagi shakar chakana narxlarda (1 kilogramm — 3700 so‘m) sotilmoqda.
Izoh (0)