Rossiya mudofaa vazirligi 2016—2017-yillarda amalga oshiriladigan 12 ta qit’alararo ballistik raketa parvozini sug‘urta qildirdi, deb yozadi “Interfaks”.
Davlat xaridlari saytiga joylangan hujjatlarga ko‘ra, harbiy muassasa “SOGAZ” sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan bo‘lib, u kelishuv bo‘yicha 2,9 million rubl oladi. Rossiya mudofaa vazirligi ushbu bitim doirasida qit’alararo ballistik raketalarni uchirish chog‘ida boshqa shaxslarning hayoti, salomatligi yoki mulkiga yetadigan zarar uchun o‘z javobgarligini sug‘urta qildirdi.
Harbiy muassasa RS-12 (“Topol”) QBRni yetti marta, RS-24 (“Yars”) QBRni uch marta, RS-18 (“Stilet”) QBRni bir marta, shuningdek, yangi “Rubej” raketasini bir marta uchirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)