Qozog‘istonning Toldiqo‘rg‘on shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov oltin medalga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Mazkur xalqaro turnirda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya, Gruziya, Turkiya va Qirg‘izistondan kelgan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.Eslatib o‘tamiz, 2014-yili Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan II o‘smirlar yozgi Olimpiada o‘yinlarida Ilhom Bahromov -50 kilogramm vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Izoh (0)