10-may kuni Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Belgiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Maslahatlashuvlarda ishtirok etish uchun Belgiya Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha bosh direktori Geert Muylle boshchiligidagi delegatsiya keldi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning muhim jihatlari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, turli darajalardagi O‘zbekiston-Belgiya muntazam muloqoti nafaqat tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi aloqalar holatini aniqlash, balki xalqaro tashkilotlar doirasidagi va boshqa jabhalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va rivojlantirish imkonini yaratadi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaviy muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
Belgiya delegatsiyasining Toshkentda bo‘lishi chog‘ida Oliy Majlis va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)