Misr politsiyasining sakkiz xodimi qurollangan guruh hujumining qurboni bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks” mamlakat IIV bayonotiga asoslanib.
Noma’lum shaxslar huquq-tartibot xodimlari o‘tirgan furgonga qarata ot o‘chgan. Shundan so‘ng jinoyatchilar voqea joyini tark etishga muvaffaq bo‘lgan.
IShID terrorchi guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.