O‘zbekistonning markaziy viloyatilarida 8-may, yakshanba kuni qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.
Xabar berishlaricha, 8-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +7...+12 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +12...+17 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +19 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +22 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +23 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
8-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +17...+22 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +28 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +30 darajagacha, Toshkent shahrida +32 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim hududlarida +33 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +35 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Toshkent shahrida 8-mayga o‘tar kechasi va 8-may kuni kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yog‘ingarchilik kuzatilishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi haqida xabar berilmoqda.