Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan vizali kirish-chiqish tartibini bekor qilish uchun terrorchilik to‘g‘risidagi qonunlarini qayta ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi.
“Biz o‘z yo‘limiz bilan boramiz, siz o‘z yo‘lingiz bilan boring”, — uning so‘zlarini keltiradi Meduza.
YeI vakillarining fikricha, Turkiyada terrorchilik tushunchasi ortiq darajada keng talqin qilingani bois bu inson huquqlari va so‘z erkinligining buzilishiga olib keladi, jumladan, hukumatni tanqid qilgan jurnalistlar ta’qib ostiga olinadi. Shu bois viza tartibini bekor qilishning shartlaridan biri aksilterror qonunchiligini shu nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqish edi.
O‘z navbatida, viza tartibining bekor qilinishi Turkiya Suriyadan kelayotgan qochqinlarni qabul qilishining asosiy shartlaridan biri edi.
Izoh (0)