2–5-may kunlari Nobel mukofoti sohiblari xalqaro akademik almashuv dasturi doirasida Shimoliy Koreyaning yetakchi oliygohlarida ma’ruzalar qildi va seminarlarda ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ilgari xabar qilinganidek, bular — Richard Roberts (Buyuk Britaniya), Aaron Chexanover (Isroil) va Finn Kidland (Norvegiya).
Koreya markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, Pxenyan bu olimlarning faoliyatini yuqori baholagan, talabalar iqtisodiyot, kimyo va tibbiyot sohasida olgan bilimlaridan mamnun bo‘lgan.
Safar Vena xalqaro tinchlik jamg‘armasi tashabbusiga ko‘ra KXDRning yetakchi oliygohi — Kim Ir Sen nomidagi universitet tashkil etilishining 70 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan edi.
Izoh (0)