Facebook kompaniyasi AQShda uni odamlarning biometrik ma’lumotlarini noqonuniy saqlaganlikda ayblagan foydalanuvchilar bilan sudlashuvning birinchi bosqichini boy berdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Da’vo arizasini sudga illinoyslik bir necha foydalanuvchi kiritgan edi. Kaliforniya federal okrug sudi kompaniyaning e’tirozlarini qabul qilmadi. Bu e’tirozlarga ko‘ra, Illinoys shtati qonunlari Kaliforniya shtatida amal qilmaydi, shu bois illinoyslik da’vogarlarning ayblovlari o‘rinsiz. Ammo Kaliforniya sudi Illinoys shtatining foydalanuvchilarning biometrik ma’lumotlar daxlsizligi huquqi to‘g‘risidagi qonunchilik amaliyotini umumiy deb topdi.
Sud eshituvlarining keyingi bosqichi qachon o‘tishi ma’lum qilinmayapti. Kompaniya bu borada biror rasmiy bayonot bilan chiqmadi.
Izoh (0)