Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi (FIFA) bugun, 5-may kuni terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.
Mart oyi reytingida 66-pog‘onadan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi aprel oyida hech qanday o‘zgarishsiz 549 ochko bilan 66-o‘rinda qoldi. Ushbu ko‘rsatkich Osiyo mamlakatlari orasida Eron (42-o‘rin, 672), Avstraliya (50-o‘rin, 601), Janubiy Koreya (54-o‘rin, 591), Yaponiya (57-o‘rin, 577) va Saudiya Arabistoni (60-o‘rin, 559)dan keyin oltinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Argentina terma jamoasi 1532 ochko bilan FIFA reytingida peshqadam bo‘lib turibdi. Belgiya (1364) va Chili (1353) termalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onadan joy oldi. Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Kolumbiya (1337), Germaniya (1309), Ispaniya (1277), Braziliya (1261), Portugaliya (1184), Urugvay (1158) va Angliya (1069) terma jamoalari kirdi.