Rossiya va Amerika elektron pochta foydalanuvchilarining 272 million onlayn-akkaunti nomlari va parollari o‘g‘irlangan. Bu haqda kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspert, Hold Security kompaniyasining asoschisi Aleks Xolden Reuters agentligiga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Uning ta’kidlashicha, elektron pochtalarga kirish uchun qo‘llanuvchi kodlarni o‘z ichiga olgan ma’lumot Rossiya jinoiy bozorida muomalada bo‘lgan va undan jinoyatchilar foydalangan bo‘lishi mumkin.
Xoldenning so‘zlariga qaraganda, uning kompaniyasi onlayn-forumlardan birida 1,17 milliard koddan iborat ma’lumotga ega ekanligini ma’lum qilgan rossiyalik yosh xaker bilan bog‘langan. U ma’lumotlar bazasini atigi 50 rublga sotishga tayyor bo‘lgan, biroq muloqot yakunida xakerlar forumiga u haqidagi ijobiy fikrlar qoldirish evaziga ma’lumotlarni tekin taqdim etishga rozi bo‘lgan.
Xolden ushbu ma’lumotlardan jinoyatchilar foydalangan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.