Finlyandiyaning Xelsinki shahrida yashovchi o‘n yoshli Jani Facebook servislaridan kamchilik topib, mukofot pulini qo‘lga kiritgan eng yosh xakerga aylandi, deb yozadi “Vc.ru”. Ijtimoiy tarmoq vakili maktab o‘quvchisiga mukofot tariqasida pul berilganini tasdiqladi.
Jani boshqa foydalanuvchilarning izohlarini o‘chirish imkonini beruvchi bagni aniqladi. U topilma haqida servis rahbariyatiga email orqali xabar berdi hamda bagni Instagram’da sinov tariqasida ochilgan akkauntlardan birida tekshirib ko‘rib, uning ishlash qobiliyatini isbotlab berdi. 2016-yil fevralida muammo bartaraf etildi, martda esa Jani mukofot sifatida 10 ming dollarni qo‘lga kiritdi.
Yosh xaker servislar xavfsizligi asoslarini YouTube’dagi roliklar yordamida o‘rganganini ma’lum qildi. Jani kelajakda bunday zaifliklarni tadqiq etish bilan shug‘ullanishini qo‘shimcha qildi.
Facebook’dan olgan pulini Jani yangi velosiped, futbol anjomlari va o‘z ukalari uchun ikkita kompyuter sotib olishga sarflamoqchi.
Izoh (0)