13 nafar ukrainalik shifokor IShID jangarilari changalidan ozod etildi, deya xabar bermoqda “TASS” Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning Twitter’iga tayanib.
“Xushxabar: IShID asirlikda saqlab turgan 13 nafar ukrainalik shifokor ozod qilindi va Liviyaning Ras Lanuf shahriga keltirildi”, — deb yozdi u.
Nashr eslatishicha, ukrainalik fuqarolar, shu jumladan, tibbiy xodimlar so‘nggi bir necha yil ichida Liviya hududida ko‘p bora asirga tushgan. Chunonchi, 2011-yilda liviyalik isyonchilar Muammar Qaddafiy tomonida turib jang qilishda ayblab, 24 nafar ukrainalikni qo‘lga tushirgan edi. Ulardan biri asirlikda vafot etgan, qolganlari 2014-yil avgustida ozod etilgan.
Izoh (0)