Turkiya janubi-sharqida yuz bergan to‘qnashuvda ikki nafar turk harbiy xizmatchisi va Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasining besh nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda, Turkiya bosh shtabining 3-may, seshanba kungi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
“Hakkari viloyatining Shemdinli tumanida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari guruhining granatomyot va avtomatlar bilan hujumi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Harbiylarimiz zudlik bilan ularga javoban o‘t ochdi va besh nafar terrorchini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Turkiyada 2015-yilning iyulida Kurdiston ishchi partiyasi bilan qaytadan boshlangan qurolli mojarolarda 400 ga yaqin harbiy va politsiyachi halok bo‘ldi.
Izoh (0)