Serbiya futbol ittifoqi UEFAning Kosovo futbol federatsiyasini o‘z tarkibiga qo‘shish qarori ustidan Sport hakamlik sudiga (CAS) arz qiladi. Bu haqda, Serbiya yoshlar va sport vaziri Vanya Udovichichning bayonotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
O‘z navbatida, UEFA hakamlik sudidagi eshituvlar xavfsiramayotganini bildirdi.
Kosovo futbol tashkilotini UEFAga qo‘shish qarori tashkilotning kongressida qabul qilindi. Endi Kosovo federatsiyasi FIFA tarkibiga qo‘shilib, 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etishi mumkin.
Kosovoning FIFAdagi ishtiroki masalasi tashkilotning 12–13-may kunlari Mexikoda bo‘lib o‘tadigan kongressida ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)