Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Bugun, 3-may kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi so‘nggi — 6-tur uchrashuvlari start oladi. Musobaqaning “C” guruhida qatnashayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida “Al-Jazira” (BAA) klubini qabul qilsa, “D” guruhi ishtirokchisi hisoblangan Qarshining “Nasaf” jamoasi BAAda “Al-Ayn” mehmoni bo‘ladi.

“Paxtakor” o‘z maydonida “Al-Jazira”ni mag‘lub eta olsa va, shu bilan birga, “C” guruhining ikkinchi uchrashuvida Eronning “Traktorsozi” klubi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga mag‘lub bo‘lmasa, Toshkent klubi musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oladi.

“Nasaf”ning oldidagi vazifa ham ko‘p oson emas — jamoa keyingi bosqichga chiqishi uchun nafaqat “Al-Ayn”ni mag‘lub etishi, balki guruhning ikkinchi uchrashuvida Saudiyaning “Al-Ahli” klubi Qatarning “Al-Jaish” klubini yenga olmasligi kerak.

“Daryo” har ikkala uchrashuv tafsilotlarini onlayn kuzatib boradi. “Paxtakor” — “Al-Jazira” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da, “Al-Ayn” — “Nasaf” bellashuvi esa soat 21:30 da boshlanadi. “Daryo”ning har ikkala o‘yindan umumiy onlayn 19:00 da boshlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak