Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 36-turiga kelib Milanning “Inter” klubi kelasi mavsumni Yevropa Chempionlar Ligasida o‘tkazmasligi aniq bo‘ldi.
Nazariy jihatdan olib qaraganda, “Inter”da 3-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyati saqlanib turgandi. Rimda “Latsio”dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin bu imkoniyat yo‘qqa chiqdi. Kelasi mavsum Chempionlar Ligasida Italiya sharafini “Yuventus”, “Napoli” va “Roma” klublari himoya qiladi.
“Inter” esa kelasi ikki turda qanday natija qayd etishiga qaramay, Yevropa Ligasida to‘p suradi.
Milan klubini mag‘lub etgan “Latsio” nazariy jihatdan Yevropa Ligasi yo‘llanmasini yutib olishi mumkin. Rim klubi hisobida 51 ochko bor bo‘lib, u oltinchi o‘rinda borayotgan “Sassuolo”dan 4 ochko kamroq to‘plagan.
Italiya A seriyasi 36-tur uchrashuvi 1-may, yakshanba
Izoh (0)