Saudiya Arabistoni AQSh boshchiligida Suriyada faoliyat yuritayotgan xalqaro harbiy koalitsiya tarkibiga o‘zining maxsus qismlarini yo‘llashga hozir. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Jenevada jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.
“Agar AQSh boshchiligidagi koalitsiya Suriyaga yer usti qo‘shinlarini yo‘llash qaroriga kelsa, Saudiya Arabistoni bu xatti-harakatlarning bir qismi o‘laroq o‘z maxsus qismlarini yuborishga tayyor bo‘ladi. Bu bir tomonlama qadam bo‘lmaydi, bu AQSh boshchiligidagi IShIDga qarshi kampaniyaning bir qismi bo‘ladi”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
U mazkur masala AQSh harbiylari bilan muhokama qilinganini qo‘shimcha qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)