Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasiga munosabati haqida gapirib berdi. 93 ta gol muallifiga aylangan portugaliyalik futbolchi musobaqa tarixidagi eng sermahsul o‘yinchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinda turgan Lionel Messining hisobida 83 ta to‘p bor, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar ekanimni bilish katta iftixordir. Albatta, bunga erishganimdan juda xursandman. Chempionlar Ligasi — o‘ziga xos turnir. Bu turnirni ‘Real’ juda yaxshi ko‘radi. Men uni ikki marta yutish baxtiga musharraf bo‘ldim va, albatta, yana ko‘p marta yutmoqchiman. Shu yilning o‘zidayoq boshlayman deb umid qilaman. Muxlislar Chempionlar Ligasini juda yaxshi ko‘radi, men ham bu turnirni juda yaxshi ko‘raman”, — dedi Ronaldu UYeFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Izoh (0)