Qo‘shiqchi Prinsning mol-mulkiga vaqtinchalik egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan Amerikaning Bremer Trust kompaniyasi xodimlari kodi faqat qo‘shiqchining o‘ziga ma’lum bo‘lgan seyfni ochdi. Bu haqda, ABC News ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, seyfdan topilgan Prinsning e’lon qilinmagan qo‘shiqlari yuz yil davomida har yili bitta yangi albom chiqarish uchun yetarli.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik xonanda, Prins taxallusi bilan mashhur Rojers Nelson 57 yoshida olamdan o‘tdi. Uning jasadi 21-aprel kuni Minneapolisdagi uyidan topilgan.
O‘z musiqiy faoliyati davomida Prins 39 ta albom chiqargan. Qo‘shiqchi o‘limidan keyingi uch kun davomida uning albomlari sotuv hajmi 42 000 foizga oshdi.
Izoh (0)