2016-yilning 29-aprel kuni Pekin shahrida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ShHT Kotibiyatida “ShHT maysazоri”ni barpo etish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston TIV delegatsiyalari rahbarlari joriy yilda 15 yoshga to‘lgan tashkilotning o‘suvchi salohiyatinining ramzi bo‘lgan daraxtlarni o‘tqazdi.
Hozirgi paytda ShHT oltita a’zo davlat, oltita kuzatuvchi davlat (Afg‘oniston, Belarus, Eron, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston) va oltita muloqot bo‘yicha sherikni (Armaniston, Kambodja, Nepal, Ozarbayjon, Turkiya va Shri-Lanka) qamrab olgan.
Izoh (0)