O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyaning Myunxen shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 520 070 yevroni tashkil qiluvchi BMW Open tennis turnirining juftliklar bahsini ham tark etib, musobaqadagi ishtirokini butunlay yakunladi.
Musobaqa rasmiy saytining ma’lum qilishicha, rossiyalik Mixail Yelgin bilan tandem hosil qilgan 29 yoshli O‘zbekiston vakili juftliklar bahsi chorak finalida avstriyalik duet Yulian Noul va Aleksandr Peyaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 6 daqiqa davom etgan bellashuvda 6:3, 6:4 hisobi qayd etilib, avstriyalik duet foydasiga hal bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, juftliklar bahsi ilk davrasida Istomin/Yelgin tandemi avstriyalik Filipp Osvald va chexiyalik Lukash Rosol dueti ustidan 7:6, 3:6, 10:8 hisobida g‘alaba qozongan edi. Yakkalik bahslari ilk davrasida esa Denis Istomin chexiyalik Lukash Rosolga qarshi bahs olib borib, 7:6, 4:6, 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Izoh (0)