Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Suriya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Aleppodagi Zaxi-al-Azrak kasalxonasi yaqinida terrorchilarning qo‘mondonlik punkti va raketa qurilmalarini yo‘q qildi, 20 nafar jangari o‘ldirildi. Bu haqda  “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

O‘z navbatida, “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkiloti Aleppodagi kasalxonalariga aviazarba berilishi oqibatida 14 kishi, jumladan, bemorlar va tibbiyot xodimlari halok bo‘lgani, bino vayron etilganini bildirdi.

Agentlikning ko‘ngillilar orasidagi manbasining ta’kidlashicha, “samolyotlar kasalxonaga emas, uning yonidagi terrorchilar qo‘mondonlik punktiga aviazarba bergan. Bir necha qo‘lbola raketalarni uchirish qurilmalari yo‘q qilingan, yigirmaga yaqin jangari o‘ldirilgan. Ular orasida jangarilarni davolagan va o‘zi ham ular safida janglarda ishtirok etgan doktor Muhammad Vasim al-Ma’z ham bor”. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq jangarilar Alepponing o‘qqa tutishi oqibatida o‘tgan kunlar davomida 26 kishi qurbon bo‘lgani, 60 dan ortiq kishi yaralangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda