Turkiya hukumati 27-aprel, chorshanba kuni Bursa shahrida yuz bergan terakt yuzasidan surishtiruv davomida 12 nafar gumonlanuvchini hibsga oldi. Bu haqda, Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Avvalroq Turkiya shimoli-g‘arbidagi Bursa shahrida joylashgan XIV asr masjidida portlash sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi. Xudkush ayolning o‘zini portlatib yuborishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi terakt oqibatida 13 kishining jabrlanganligi haqida ma’lum qildi.
Izoh (0)