1999-yildan 2007-yilgacha AQSh Kongressi vakillik palatasi spikeri bo‘lgan Dennis Xastert moliyaviy suiiste’mol qilganlik uchun 15 oylik qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda, Chikago federal sudi qaroriga tayanib, “TASS” xabar beradi.
74 yoshli Xastert bankdagi hisobidan 952 ming dollar yechib olganligini hukumatdan yashirishga urinish, shuningdek, FQB xodimlariga yolg‘on ko‘rsatma berishda ayblangan.
Agentlar siyosatchi muntazam ravishda yirik miqdordagi pullarni naqdlashtirib olganligiga e’tibor qaratgan. Xastert ularga bankka ishonmaganligi uchun pullarini naqd shaklda o‘zida saqlashga qaror qilganligini ma’lum qilgan.
O‘tgan yilning oktabr oyida u tergov bilan kelishuvga erishgan va mijozlarning yirik pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish haqidagi bank talabini buzganligini tan olgan.
Izoh (0)