• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25—26-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 25-aprel kuni Islom Karimov va Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tashrifning asosiy tadbirlari 26-aprel kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Islom Karimov va Vladimir Putinning uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

    Islom Karimov ushbu tashrif o‘zaro aloqalar rivojiga yangi sur’at bag‘ishlashini, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan har tomonlama fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini alohida ta’kidladi.

    Vladimir Putin O‘zbekiston Rossiyaning strategik hamkori va ishonchli ittifoqchisi ekanini, bu munosabatlar yanada mustahkamlanib borayotganini alohida qayd etdi.

    Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Afg‘oniston muammosi, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonning tashkilot ishini yanada faollashtirish, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Vladimir Putin O‘zbekiston tomonidan ShHTning iyun oyida Toshkentda bo‘ladigan sammiti muhokamasiga kiritilishi mo‘ljallanayotgan tashabbuslarni Rossiya tomoni qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.

    O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarida savdo-iqtisodiy hamkorlik asosiy o‘rin tutadi. 2013—2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2015—2019-yillarda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlariga oid hukumatlararo bitimga muvofiq bu sohadagi aloqalar izchil taraqqiy etmoqda.

    Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdo sheriklari orasida ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston Rossiyaga transport vositalari, paxta tolasi, trikotaj, meva-sabzavotlar, qora va rangli metallar, turli xizmatlar eksport qiladi. Rossiya O‘zbekistonga transport vositalari, kimyo va qog‘oz sanoati tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beradi.

    O‘zbekistonda rossiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tuzilgan 900 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi vakolatxonasi ochilgan. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi izchil o‘sib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida bu boradagi ko‘rsatkich 7,9 foiz oshgan.

    Investitsiyaviy hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Keyingi yillarda Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi 6 milliard dollardan oshgan. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 2014-yilga nisbatan 40 foiz o‘sgan.

    O‘zbekiston ham, Rossiya ham yoqilg‘i-energetika sohasida ulkan salohiyatga ega. Bu mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik rivojida muhim o‘rin tutmoqda. Rossiyaning “Lukoyl” va “Gazprom” neft-gaz kompaniyalari O‘zbekistondagi uglevodorod konlarini qidirish va o‘zlashtirishda faol ishtirok etmoqda. Shu yil 19-aprel kuni Buxoro viloyatida “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi.

    O‘zbekiston avtomobillari Rossiyada doim xaridorgir. Matiz, Nexia kabi mashinalar bu yerda bir necha bor yilning eng yaxshi avtomobili deb topilgan. Joriy yilning birinchi choragida ushbu mamlakatda yangi brend ostidagi Ravon Gentra savdosi 7 foiz o‘sgan.

    Rossiyada qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori. O‘zbekiston bu sohada ulkan salohiyatga ega. O‘zbekiston rahbarining shu yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada yanada keng imkoniyatlar yaratdi.

    Muzokarada O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko‘paytirish va turini kengaytirishga kelishib olindi.

    Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport va tranzit sohasidagi aloqalarni kengaytirishga doir masalalar muhokama qilindi. Ikki mamlakatda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali to‘la foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘pligi, ularni ishga solish ikki tomon uchun ham manfaat keltirishi ta’kidlandi.

    Tomonlar madaniyat, ilm-fan, ta’lim, sport va turizm sohalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

    Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida madaniy-gumanitar, tashqi siyosat, oliy ta’lim, jismoniy tarbiya va sport kabi qator sohalarda hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.

    Islom Karimov va Vladimir Putin ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar ochiq va o‘zaro ishonch ruhida o‘tganini, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilganini ta’kidladi. Bu o‘zaro munosabatlarning bugungi holatini baholash, ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tomonlarning pozitsiyasi bir xilligi yoki yaqinligi qayd etildi.

    Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Oliy darajadagi muloqotlarning uzviy davomi bo‘lgan ushbu muzokaralarda mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari va istiqbollari belgilab olindi. Bu O‘zbekiston va Rossiya xalqlari manfaatlariga xizmat qiladi.

    27.04.2016, 09:42   Izoh (0)   22783
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent zilzilasiga 50 yil, “O‘zbekfilm” rahbariga aylangan Hilol Nasimov, Rossiyaga yetib borishi kechikayotgan Ravon va kunning boshqa muhim yangiliklari

    26.04.2016, 20:02

    O‘zbekistonlik talabalar Rossiyaning Tambov universitetida o‘tkazilgan raqs tanlovida birinchi o‘rinni egalladi

    26.04.2016, 17:50

    O‘zbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi mart oyida 5 foizga o‘sdi

    26.04.2016, 16:38

    Test: Toshkent zilzilasi haqida nimalar bilasiz?

    26.04.2016, 12:57

    Islom Karimov Moskvada tantanali kutib olindi

    26.04.2016, 09:38

    Facebook’da to‘plangan 4 mln so‘m, qariyb 2900 so‘mga chiqqan dollar, armanlardan uzr so‘ragan Turkiya prezidenti va kunning boshqa muhim yangiliklari

    25.04.2016, 19:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.