19–21-aprel kunlari Xitoy poytaxti Pekinda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining (MKK) navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Majlisda O‘zbekistonning ShHTga raisligi doirasidagi asosiy tadbirlarga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Madaniyat vazirlari yig‘ilishi, Ishbilarmonlar kengashi boshqaruvi, Banklararo birlashma kengashi yig‘ilishlarining kun tartibi va yakuniy hujjatlari loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston 13-14-aprel kuni bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o‘n birinchi uchrashuvi yakunlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Izoh (0)