“Barselona” klubi o‘zining rasmiy saytida Neymarning faqatgina Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi va Amerika Kubogi–2016 bahslarida qatnashmasligi borasida Braziliya futbol konfederatsiyasi bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Barselona” o‘zining bayonotida Braziliya futbol konfederatsiyasi va tashkilot prezidenti Marko Polo Del Neroga minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq 24 yoshli futbolchi har ikki musobaqada qatnashish istagini bildirgan edi. Braziliya futbol konfederatsiyasi ham shuni istagan edi, ammo kataloniyaliklar rahbariyati bunga qarshi chiqdi.
FIFA reglamentiga muvofiq, “Barselona” Neymarni Amerika Kubogi–2016 turnirida ishtirok etishi uchun qarshilik ko‘rsatmasligi kerak, biroq uning Olimpiada o‘yinlarida qatnashishini taqiqlashi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining futbol turniri 3–20-avgust kunlari, Amerika Kubogi–2016 turniri 3–26-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)